Mirzakalon Ismoiliy (1908–1986)

Taniqli adib, mohir tarjimon Mirzakalon Ismoiliy 1908 yili Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida dunyoga keldi. Ota-onadan erta yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalandi.

Toshkentga kelib, oʻzbek erlar bilim yurtida taʼlim oldi. 1928–1930 yillarda Oʻrta Osiyo Davlat universitetining Sharq fakultetida oʻqidi, oʻqituvchilik qildi.

Toshkent kinostudiyasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Qizil Oʻzbekiston” gazetasi va “Sharq yulduzi” jurnali tahririyatlarida hamda Oʻzbekiston Davlat nashriyotida xizmat qildi. U rus adabiyoti klassiklaridan M. Lermontov, L. Tolstoy, A. Chexov, M. Gorkiy, M. Sholoxov asarlarini hamda jahon adabiyoti namunalarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. U 1942–1947 yillarda harbiy jurnalist sifatida armiya xizmatida boʻldi.

Adib urushdan keyingi yillarda yaratgan “Fargʻona tong otguncha” (1958,1967) trilogiyasida oktyabr toʻntarishi arafasidagi oʻzbek mehnatkashlarining hayoti va maʼrifat sari intilishini tasvirladi. Roman oʻzining gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari bilan 60-yillar oʻzbek nasri ravnaqiga munosib hissa boʻlib qoʻshildi. M. Ismoiliy yoshlar hayotini aks ettiruvchi “Bizning roman” (1963), maʼnaviyat yogʻdularini sharaflovchi “Odamiylik qissasi” (1965) kabi puxta, goʻzal nasriy asarlari bilan ham kitobxonlar eʼtiborini qozondi.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti 2016) kitobidan.

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/mirzakalon-ismoiliy-1908-1986/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x