MINNEAPOLIS

MINNEAPOLIS — AKSHning shim. qismidagi shahar. Minnesota shtatida. Aholisi 382,6 ming kishi (2000). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Missisipi daryosi boʻyidagi port (yiliga 15 mln. t yuk ortib-tushiriladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Michigan va Qoyali togʻlar oraligʻidagi q. x. r-nining muhim savdomoliya markazi. Ja-honda yirik gʻalla birjasi. Asosiy sanoat tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik. Radioelektronika (jumladan, EHM, aloqa vositalari, elek-trontarkibiy qismlar, maishiy radio va televizor aparaturalari i. ch.), elektrotexnika, priborsozlik sanoatlari rivojlangan. Yoʻl qurilishi va q. x. mashinalari, turli sanoat jihozlari ishlab chiqariladi. Harbiy, neftni qayta ishlash, kimyo, qogʻoz, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari, un-t bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x