MINERAL RESURSLAR INSTITUTI, Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qoʻmitasi tarkibidagi i. t. instituti — geologik i. ch. boʻyicha respublikada yetakchi ilmiy metodik markaz. Oʻrta Osiyo yer osti qazilmalarini keng koʻlamda oʻrganish markazi sifatida 1957-y. da Toshkentda tashkil etilgan. 1994-y. gacha Oʻrta Osiyo mineral resurslari ilmiy tadqiqot in-ti, 1994-y. apr. dan hoz. nomda. Oʻzbekistonning alohida regionlarining geologik oʻrganish, mineral xom ashyo resurslariga boʻlgan ehti-yojni qondirish, import monitorin-gni hamda import oʻrnini bosadigan xom ashyo i. ch. uchun tavsiyalar berish kabi vazifalarni bajaradi.
Oʻzbekiston hududi va uning ayrim regionlari geologik tuzilishini, asosiy foydali qazilmalarning joylanishi qonuniyatlarini oʻrganish; Mamlakat mineral xom ashyo bazasini kengaytirish maqsadida muayyan bashoratlar berish; geologiyarazvedka ishlarining ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqish, ruda va noruda qazilma konlarini baholash va razvedka qilish; geol. razvedka ishlarining samaradorligini oshirish, mineral xom ashyodan foydalanish boʻyicha tavsiyalar berish; turli foydali qazilmalarni boyitish va ajratib olishning takom illashgan texnologiyasini ishlab chiqish va h. k. in-tning asosiy ilmiy yoʻnalishlaridir.
In-t qoshida ilmiy texnika axboroti bilan taʼminlovchi guruh faoliyat koʻrsatadi, ilmiy texnika kutubxonasi, tajriba-metodik partiyalar, ilmiy i. ch. tajriba uchastkalari mavjud.
In-t tuzilgandan buyen 20 dan ortiq ilmiy asar nashr qilingan, tarmoqqa oid 80 dan ziyod qoʻllanma ishlab chiqilgan. In-t qoshida malaka oshirish kursi, aspirantura, doktorantura faoliyat koʻrsatadi.