MINA

MINA (frans. mine) — I) portlovchi modda zaryadi. Boshqariladigan (sim, radio orqali portlatiladigan) va boshqarilmaydigan (bevosita taʼsir natijasida portlaydigan) turlari bor. Tuzilishi va vazifasiga koʻra, dengiz minalari, tankka qarshi M., piyodaga qarshi Mina, transportga qarshi Mina, obyektlarni portlatuvchi Mina, mina-tuzoq va maxsus (yer osti konlari, bu-rgʻilash quduqlarida qoʻyiladigan) Minaga boʻlinadi. Tankka qarshi (portlovchi moddasining ogʻirligi 5—7 kg) va piyodaga qarshi (portlovchi moddasining ogʻirligi 75—200 g) Minalar bosim kuchi yoki tortish kuchi taʼsirida portlaydi. Transportga qarshi Mina yoʻllarga qoʻyilib, ustidan transportlar yurib oʻtayotganda portlaydi. Obyektni portlatuvchi Mina lardan turli insho-otlarga shikayet yetkazishda foydalaniladi. Mina-tuzoq va maxsus Mina kishida qiziqish uygʻotadigan har xil buyum, qurol-yarogʻ, oziq-ovqat va b. larga berkitib qoʻyiladi;

2) minomyotlardan otiladigan yupqa devorli snaryadlar. Oskolkali, fugas, fugas-oskolkali, tutun tarqatuvchi, yondiruvchi, yorituvchi hamda oʻquvmashq xillarga boʻlinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x