MIMANSA

MIMANSA (sanskritcha — tadqiq qilmoq) — qad. hind falsafiy maktablaridan biri. Mil. av. 4—2-a. larda paydo boʻlgan. Asoschisi «Mimansa-Sutra» asarining muallifi Jayminiy. Mimansa vakillari tashqi olamning realligini tan olishgan, uning birdanbir isboti — sezgi aʼzolarimiz orqali moddiy olamni his etishdir, deb biladilar. Ular fikricha, olamdagi hamma narsa oʻzaro aloqadorlikda, jon abadiy, cheksiz substansiya boʻlib, doimo tana bilan boʻladi. Jon tana bilan birga oʻlmaydi, bir tanadan ikkinchi tanaga oʻtadi. Olamni bilishda hissiy bilishga eʼtibor berganlar. Vedalarning muqaddasligini tan olganlar. Barcha mavjud narsalar bilim manbaidir. Mimansa ke-yingi davr falsafasi rivojiga hissa qoʻshgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x