MIM

MIM (yun. mimos — taqlid, taqlidchi) —1) qad. xalq teatrining turi, maishiy va hajviy mazmundagi badiiy hajviy kichik tomoshalar. Mil. av. 5-a. da Yunonistonda, ellinizm davrida (mil. av. 4—3 a. lar) Yaqin va Oʻrta Sharqsa, shu jumladan hoz. Oʻzbekiston hududida vujudga kelgan. Mimda shahar va qishloq quyi tabaqalarining hayoti aks ettirilgan. Tomoshalari sheʼriy va nasriy dialog va monologlardan, kulgili qoʻshiq va raqslardan tashkil topgan, koʻcha va maydonlarda, keyinroq sahnalarda koʻrsatilgan. Mim artistlari niqobsiz oʻynagan. Mim mahalliy xalqning masxarabozlik teatri tomoshalari bilan qoʻshilib rivojlandi. Mim teatrining shakli, estetik prinsiplari maʼlum oʻzgarishlar bilan bizgacha yetib kelgan. 19-a. oxiri —20 a. boshlarida oʻzbek aktyorlarining repertuaridagi «Dungon osh», «Xum oʻgʻrisi», «Qoro-vul uyqusi», «Ov» kabi tomoshalar, Xorazm xalq teatrida hozirgacha saqlanib kelgan bir aktyor teatri bunga misoldir;

2) Mim tomoshalarini ijro etuvchi aktyor ham Mim deb atalgan. Oʻzbek anʼanaviy teatridagi taqlid (teatr) va muqallid (aktyor) kelib chiqishiga koʻra, Mim sanʼatining davomchisidir, degan qarash mavjud;

3) zamonaviy te-atrda — pantomima ijrochisi.

Muhsin Qodirov

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x