MILLIY TIL

MILLIY TIL — umumiy hudud, iqtisod va maʼnaviy boylik bilan birga millatni tashkil etuvchi ijtimoiytarixiy kategoriya. Millatning oʻzaro aloqa vositasi hisoblangan Milliy til 2 shaklga ega: ogzaki va yozma. Milliy til kabila, elat tillaridan farqlanadi. U, odatda, millatni birlashtirib turuvchi yagona til vazifasini bajaradi. «Milliy til» tushunchasi tilning yashash shakllariga aloqadordir, u til mavjudligining alohida turi boʻlib, mavjudlikning boshqa (turlar) iga (urugʻ, kabila yoki elat tiliga), shuningdek, boshqa Milliy til larga qarama-qarshi qoʻyilishi (mas, oʻzbek tilining qozoq tilidan farqlanishi) mumkin. Har bir millat oʻz tiliga ega. Baʼzan bir millat bir necha tilga ega boʻlishi mumkin: belgiyaliklar — bir millat, lekin fransuz va vallon tillarida soʻzlashadi. Shveysariyaliklar — yagona millat, lekin ular nemis, fransuz, italyan va retoroman Milliy til larida soʻzla-shadi. Aksincha, bir necha millatlar bir Milliy tildan foydalanadilar, xususan, AQSH, Angliya, Avstraliya va b. inglizcha soʻzlashuvchi mamlakatlarda ingliz Milliy til ining variantlari, yaʼni britaniya ingliz, amerika ingliz, avstraliya ingliz variantlari qoʻllanadi. Milliy tilning hosil boʻlishi uzoq va murakkab jarayondir. Milliy tilning shakllanishidagi eng oliy bosqich milliy adabiy til hisoblanadi. Biroq Milliy til adabiy tildan farkdanib, ogʻzaki nuqt va xalq shevalarini ham oʻz ichiga oladi.

Abduzuhur Abduazizov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x