MILLIY AN`ANALARIMIZ FAXRIMIZDIR

MOSTBETDAN BONUS OLING

DO`STLARGA ULASHING:

Milliy  ma’naviyatimiz  azaldan  qanday  omil  va  mezonlar  negizida  shakllanib kelayotgani  xalqimiz  uchun  eng  aziz  va  eng  milliy  bayram  —  sharqona  yangi      yil bo’lmish Navro’z ayyomi misolida ayniqsa yorqin namoyon bo’ladi.

Barchamiz  doimo  orziqib  kutadigan  va  katta  xursandchilik,  shodiyona  bilan

o’tkazadigan Navro’z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va

cheksiz saxovatining, ko’p  ming  yillik milliy  qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning

betakror ifodasi bo’lib kelmoqda.

Muxtasar  qilib  aytganda,  yangilanish  va  ezgulik  timsoli  bo’lgan  Navro’z  falsafasi xalqimizga  mansub  odamiylik,  mehr-oqibat,  muravvat  va  himmat  kabi  yuksak xususiyatlardan  oziqlanib  kelgani,  ajdodlarimiz  asrlar  davomida  qanday  buyuk umuminsoniy  g’oyalardan  bahramand  bo’lib,  ma’naviy  kamol  topganining  yana  bir tasdig’idir, desak, hech qanday xato bo’lmaydi.

Aslida,  har  qanday  an’ana,  urf  –  odat  hamda  rasm  –  rusumlar  muayyan

hayotiy  zarurat  tufayli  paydo  bo`lgan.  Ular  muayyan  xalqning  turmush  tarzi,

ruhiyat,  ma’naviy  dunyosi  orzu  –  istaklarining  ifodasi  bo`lib,  ketma  –  ket

kelguvchi  avlodlar  ma’naviy  –  axloqiy  qiyofasining  shakllanishiga  ham  hal

qiluvchi ta’sir o`tkazadi. Aksariyat an’analar mazmun – mohiyatida xalqni, elatni

ezgulikka, insonparvarlikk,  yaxshilikka  chorlashdek  o`lmas  g`oyalar  yotadi. Ular

davrlar  talabi  bilan  ham  shaklan,  ham  mazmunan  yangilanib,  shunday  an’analar

borki  ular  o`zining  ijobiy  ta’siri,  ko`pchilikni  ruhiy  ehtiyojlariga  mos  tushishiga

ko`ra  umrboqiylik  kasb  etib,  xalqning  ma’naviy  qadriyati  darajasiga  ko`tariladi.

Sharq xalqlarining ana shunday ma’naviy boyliklaridan biri Navro`zdir.

Navro`z  –  yashnash  va  yasharish  bayrami,  tabiatning  uyg`onishiga  guvoh

bo`lmish yangi kunning boshlanishidir.

“Navro`z  “  forscha  so`zi  bo`lib,  “  yangi  kun  “  degan  ma’noni  anglatadi.

Sharq xalqlari tomonidan yilning 21 – mart kuni – kecha va kunduz tenglashgan

kun  yangi  yil,  Navro`z  bayrami  sifatida  keng  nishonlanadi.  U  dehqonlar  uchun

ekin – tekin ishlarini boshlanish pallasiga to`gri keladi. Buyuk mutafakkir bobomiz

Alisher Navoiy bu kunni shunday ta’riflaydi:

Vasli aro ko`rdim, teng emish bo`yi – yu sochi,

Tun – kun ekan, zohir o`lur bo`ldi chu Navro`z.

Navro`z  juda  qadimiy  bayramdir.  Bu  faktni  o`tmish  allomalarimiz  o`z

asarlaridan  asoslab  berganlar.  Jumladan,  Abu  Rayhon  Beruniyning  ”Qadimgi

xalqlardan qolgan yodgorliklar “ Umar Hayyomning “ Navro`znoma “ , Abulqosim

Firdavsiyning  “Shohnoma”, Xoja Ali Termiziyning “ Navro`znoma “, Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy”  asarlari Navro`z va uning paydo bo`lish tarixi, u bilan bog`liq urf  –  odat,  rasm  –  rusumlar  haqida  muhim  ma’lumotlarni  beruvchi  qimmatli manbalardir.  O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov xalqqa va uning ma’naviyatiga qarshi qaratilgan    xurujlarga  dadil  qarshi  chiqib,  Navro`zni  umumxalq  bayrami  sifatida keng  nishonlash  lozimligini  qat’iy  aytganidan  keyingina  bu  ko`hna  bayramning ikkinchi  umri  boshlandi.  Mustaqillik  yillarida  esa  Navro`z  bayrami  ilgari  hech qachon  ko`rilmagan  ko`lam  va  shukuh  –  la  madaniy  hayotimizdan  munosib  joy oldi.

Turli manbalar asosida Azamat To’liyev tayyorladi.

fayl.zn.uz

MOSTBETDAN BONUS OLING

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x