MILLERIT [ingliz kristallografi U. Miller (1801 — 1880) nomidan] — sulfidlar sinfiga mansub mineral, kimyoviy tarkibiga koʻra, oltingugurtli nikel NiS. Tarkibida 64,7% nikel, 35,3% oltingugurt bor. Trigonal singoniyali. Tuksimon kristallar hosil qilgan. Rangi jezsimonsariq, yaltirokligi metall kabi. Qattikligi 3—4; zichligi 5200—5600 kg/m3. Misnikel konlarida uchraydi. Oʻzbekistonda Chatqol togʻlarining jan. da (Chaqirtur), Qizilqumda (Toshqazigan), Boʻztogʻ togʻlarida topilgan. Nikel konsentrata bor joylarda indikator.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые