MIKSER

MIKSER (ing. mixer — aralashtirgich) — 1) maishiy Mikser — sovuq ichimliklarni tez aralashtirish, kokteyllar, kremlar, xamir, pyure va b. tayyorlash uchun ishlatiladigan elektr asbob. M. kofe, yongʻoq, shokoladlarni maydalaydigan moslamalar bilan ham jihozlangan boʻlishi mumkin. Mikser ichida kollektorli elektr dvigatel va qopqoqli polietilen yoki shisha stakanlar joylashgan plastmassa korpusdan iborat;

2) metallurgiyada — metall eritish pechidan chiqqan suyuq choʻyan yigʻiladigan, ichiga gʻisht teriladigan poʻlat idish. M. da choʻyanning kimyoviy tarkibi va t-rasi maromiga yetadi, tarkibi yaxshilanadi (oltingugurt, kremniy va b. aralashmalardan qisman tozalanadi), soʻnfa poʻlat quyish agregatlarida qayta ishlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x