MIKROSPORIDIYALAR

MIKROSPORIDIYALAR (Microsporidia) — bir hujayralilar tipi (boshqa sistemaga kUra sinf). Barcha hayvonlar (koʻpincha, bugʻimoyoklilar) hujayrasida jinssiz (ikkiga boʻlinish va shizogoniya) yoʻli bilan koʻpayadi. Sporo-goniyadan oldin kariogamiya sodir boʻladi. Mikrosporidiyalarning har xil turlarida bitta sporontdan har xil sondagi mayda (uz. 1,2—10 mkm) 1—2 yadroli sporalar vujudga keladi. Sporalarning spiral oʻralgan naychasi orqali parazit xoʻjayin hujayrasiga kirib oladi. 2 sinfi, 70 dan ortiq urugʻi, 900 ga yaqin turi maʼlum. 300 dan ortiq turi tabiatda gelmintlar va boʻgʻimoyoqlilarda parazitlik qilib, ularning qirilib ketishiga sabab boʻladi. Shu bois Mikrosporidiyalardan gelmintlar va zararkunandalarga qarshi kurashda foydalanish amaliy ahamiyatga ega. Ayrim Mikrosporidiyalar akvakulturada koʻpaytiriladigan mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va baliqlar, shuningdek, moʻynali hayvonlarning kuplab qirilib ketishiga sabab boʻladi. Mikrosporidiyalar odamda ham parazitlik qilib, oʻlimga olib kelishi mumkin. Ipak qurti va asalarilarda nozemalar urugʻiga mansub turlar katta ziyon keltiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x