MIKROMANIPULYATOR

MIKROMANIPULYATOR (mikro… va manipulyator) — maxsus asboblarning nozik va aniq harakatlarini mikroskop orqali amalga oshirishga, mas, toʻqimalarda murakkab amallar (operatsiyalar)ni bajarishga imkon beradigan asbob. Mikroskop va shtativlardan iborat. Bajariladigan amallar mikroskop orqali kuzatib turiladi. Shtativlarga mikroqurollar (igna, skalpel, rezina soʻrgich va b.) qistirib qoʻyiladi. Shtativlar oʻzaro perpendikulyar uch tekislikda harakatlanishi mumkin. Mikroqurollarning harakaglanuvchi uchlari amallar bajariladigan va obyektlar joylashtiriladigan kameraga kirib turadi. Mikromanipulyator pnevmatik (havoli), gidravlik (moyli), mexanik yoki elektr usullarda boshqariladi. Hozir ishlatilayotgan Mikromanipulyator modellarida televizion, elektron va b. moslamalar ham qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x