MIKROKRISTALLOSKOPIYA

MIKROKRISTALLOSKOPIYA (mikro…, kristall va yun. skopeo — koʻrmoq, kuzatmoq) — sifat mikrokimyoviy analiz usullaridan biri; oz mikdordagi reaktivlar taʼsirida bir tomchi (10~3 ml atrofida) analiz qilinayotgan eritmada kristall choʻkmalar hosil qilishga asoslangan. Kristallar mikroskop ostida 80—200-marta kattalashtirib tekshiriladi. Kristallarning baʼzi bir xossalarini, mas, qirralar orasidagi burchakni aniqlashda polyarizatsion mikroskop qoʻllanadi. Kristallar baʼzan ultrabinafsha yoki elektron mikroskoplar yordamida tekshiriladi. Koʻpchilik mikrokristallos-kopik reaksiyalar oʻta sezgirligi bilan ajralib turadi: eritma tomchisidagi moddaning oʻndan bir, yuzdan bir, baʼzi hollarda undan ham oz mikdorini (mkg) aniqlashga imkon beradi. Mikrokristalloskopiya, asosan, oʻlchami juda kichik obyektlar (metallar va minerallardagi qoʻshimchalar, metallning mayda zarralari, chang, oʻsimlik va hayvon toʻqimalari tarkibidagi moddalar) ni, minerallar va krtishmalarni analiz qilishda, organik birikmalarni identifikatsiyalashda qoʻllanadi. Bir tomchi eritmadagi organik va anorganik moddalar miqdorining aniqlanish chegarasi Yu-9 —10-* g.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x