MIKEN, Mikeni — Argolida (Jan. Gretsiya)dagi qad. shahar. Egey madaniyatining yirik markazi. Mil. av. 3ming yillikda manzilgoh. 17-a. dan axeylar davlatlaridan birining poytaxti. Ravnaq topgan davri mil. av. 1400—1200-y. larga toʻgʻri keladi. Mil. av. 1200-y. da yongʻindan xarobaga aylangan. Qazishmalar (1876-y. dan) natijasida saroy, daxmalar, ulkan devorlar, hunarmandlar uylari va b. ochilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые