DO`STLARGA ULASHING:
?Metoklopramid — ko»ngil aynish va qayt qilishga qarshi vosita
#Метоклопрамид
#Metoklopramid
?Dori shakli : tabletka
?Tarkibi :
Metoklopramid — 10 mg
?Ta’sir qilishiga ko’ra:
Me’da ichak yo’llarining funksional buzilishlarini davolash uchun vositadir. ( Prokinetik). Ko»ngil aynish, qayt qilish va xiqichoqqa qarshi ta’siri bor.
?Qo’llanilishi
— Ko»ngil aynishi , qayt qilish ( uzoq safarga yo’lga chiqqanda mashinada ko»ngil aynish va qusish holatlarda).
— Boshqa holatlarda ko’ngil aynish va qayt qilishda.
— Me’da ichak larning harakatini yahshilashda
— Prolaktin gormoni sekretsiyasini oshiradi.
?Qabul qilish usuli va dozasi
Preparatni ovqatlanishdan 30 minut oldin qabul qilgan yaxshi. Tabletkalarni chaynamasdan oz miqdordagi suv bilan qabul qilish kerak. Kattalarda sutkasiga 3 marta gacha qabul qilish mumkin.
?Nojo’ya ta’siri
— Og’izni qurishi
— Qabziyat, diareya
— Toliqish
— Bosh aylanishi, bosh ogrigi
— Uyquchanlik
— Teri toshmasi ( kam holatda).
— Depressiya ( tez tez).
— Qon bosimi tushishi ( tez tez).
— Ongni buzilishi
?Qo»llash mumkin bolmagan holatlar:
— Me’da ichakdan qon ketganda
— Ichak tutilishida
— Meda ichak teshilishida
— Meda yoki ichak operatsiyasidan keyingi birinchi 7 kunda qabul qilib bolmaydi.
— Feoxromotsitoma kasalligida
— Epilepsiyada ( sudorgi, tutqanoqda).
— Xomiladorlik va emizish davrida
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bolganda
— Qon bosimi juda past yuradiganlarda
?ESLATMA: Alkogol bilan bir vaqtda metoklopramidni qabul qilish preparatni ta’sirini kuchayishiga olib keladi.