METEOROLOGIK TERMOMETR — havo va tuproq t-rasini oʻlchashda ishlatiladigan termometr. M. t. ishlash tarziga koʻra, suyuqlikli (simobli, spirt li), gazli (mas, vodorod), deformatsiya, elektr xillarga boʻlinadi. S u yu q likli Meteorologik termometrda traning oʻzgarishi maʼlum miqdordagi suyuqlik hajminingoʻzgarishiga bogʻliq. Gazli Meteorologik termometrda t-ra maʼlum hajmdagi kimyoviy toza gaz bosimi bilan oʻlchanadi. Deformatsiya M. t. da egiluvchan plastinka (bimetall plastinka, Burdon nayi)dan iborat boʻlib, t-ra taʼsirida egiladi. Elektr Meteorologik termometr t-ra taʼsirida termo-elementlarda elektr harakat kuchi yoki oʻtkazgichlar elektr qarshiligi (qarshilik termometri, termistorlar) ning oʻzgarishiga asoslangan. Meteorologiyada qavo va tuproq t-rasini oʻlchashda, asosan, simobli va spirtli termo-metrlar; termometr etaloni sifatida vodorodli termometr; termograflarning qabul qilgichi sifatida deformatsiya termometri qoʻllaniladi. Elektr termometrlari, asosan, tadqiqot ishlarida va tuproq t-rasini oʻlchashda qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые