METAMORFIK togʻ JINSLARI

METAMORFIK togʻ JINSLARI — avval choʻkindi yoki magmatik jins si-fatida vujudga kelgan, lekin Yer qaʼrida chuqur flyuidlar, t-ra va bosim taʼsirida oʻzgargan (metamorfizm) yoki yer yuzasiga yaqin qatlamda ichiga kirib borgan intruziv massalar issigʻidan oʻzgarishga uchragan togʻ jinslari. Bunda jinslarning kimyoviy tarkibi deyarli oʻzgarmaydi. Choʻkindi va otqindi jinslar metamorfizmidan vujudga kelgan para-, va ortometamorfik jinslar farq qilinadi. Metamorfik togʻ jinslaridan slanes, gneys hamda marmar, kvarsitlar, rogoviklar koʻp tarqalgan. Metamorfik togʻ jinslarining tarkibi fizik-mexanik xususiyatlari kabi har xil. Karbonatli Metamorfik togʻ jinslaridan marmar, kalsifirlar, kataklizitlar alohida oʻrin egallagan. Skarn, ohaktoshsilikatli jinslarning metamorfik oʻzgarishiga gidrotermal suyuqliklar sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Katta ahamiyatga ega boʻlgan temir, mis kabi rudali konlar skarn tipiga mansub. Regional metamorfiz-mda hosil boʻlgan Metamorfik togʻ jinslari kuchli bosim taʼsirida varaqsimon qatlamlashgan. Katta chuqurlikda vujudga kelgan eklogitlar granat-jodeit togʻ jinslaridan iborat. Loyqa jinslardan hosil boʻlgan fillitlar ostida xlorit, granatbiotitlar, slyudali slaneslar, undan pastrokda gneys va granulitlar joylashgan. Metamorfik togʻ jinslari ningaksariyati foydali qazilmalardir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x