MESSO-TINTO (ital. mezzo – oʻrta va tinto — boʻyalgan) — metall gravyura turi; asosan, chuqur bosmaga taalluqli, rangli bosmada ham qoʻllaniladi. Bosmada sidirgʻa qora tus hosil qilish uchun M.-t. da bosma shakl (plastina)ning tekis yuzasi mexanik yoki kimyoviy usulda donador (gʻadir-budur) qilinadi; soʻng toza yoki boʻyoq qoplangan plastina yuzasiga tasvir ishlanadi, rasmdagi yorugʻ joylarning yuzasi tekislanadi yoki qirib tozalanadi. Bu jarayon tufayli nurdan soyaga asta-sekin oʻtish imkoniyati yaratiladi. M.-t. usulidagi gravyuralar teran va mayin rangi, boy va nozik nursoyasi b-n ajralib turadi. 17-a. oʻrtalarida nemis ustasi L. Zigen ixtiro qilgan. 18— 19-a. boshlarida keng tarqalgan boʻlib (ayniqsa, Angliyada, shuningdek, Fransiya, Rossiya va b. da), asosan, kartinalarni i. ch. da qoʻllanilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые