MERKATOR

MERKATOR (Mercator; Kremerning lotinlashtirilgan familiyasi) Gerard (1512.5.3-1594.2.12) – flamand xaritagrafi. Aniq optik asboblar tayyorlash va xaritalar nashr qilish bilan shugʻullangan. 1552-y. Duysburg sh. (Germaniya)ga koʻchib oʻtgan. Mavjud xaritagrafik materiallarni tanqidiy qarab chiqib, Merkator xaritalar tuzishning yangi, matematik asoslangan prinsiplarini, xususan bir nechta xaritagrafik pro-yeksiyalarni taklif etdi; bulardan eng mashhuri teng burchakli silindrik proyeksiya asosida tuzilgan dunyo xaritasi (1569) (q. Merkator proyeksiyam). Bu proyeksiya jahonda eng koʻp tarqalgan va oʻsha vaqgdan hoz. qadar bu proyek-siyada burchaklarni aniq tasvirlovchi dengiz navigatsiya xaritalari, aeronavigatsiya va b. xaritalar tuziladi. M. Yer magnetizmini tadqiq qilib, magnit qutbi koordinatini hisoblab chiqdi. Asosiy ilmiy ishi — Yevropa mamlakatlarining «Atlas» deb atalgan xaritalari toʻplami (1595, vafotidan keyin nashr qilingan). «Atlas» soʻzboshisida geografiya predmeti va vazifalari bayon qilingan.

Ad.: Saliщyev K. A., Osnovы kartovedeniya. Chast istoricheskaya i kartograficheskiye materialы, Merkator, 1948.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x