MERIME

MERIME (Merimee) Prosper (1803.28.9, Parij — 1870.23.9, Kann) — fransuz yozuvchisi. Novella janrining mohir ustasi. Merimening Ispaniya mavzularida yozilgan «Klara Gasul te-atri» (1825) pyesalar toʻplami romantik ruh b-n yoʻgʻrilgan. «Jakeriya» (1828) dramasi va «Karl IX saltanati yilnomasi» (1829) romani tarixiy mavzularga bagʻishlangan. «Mozaika» (1833) toʻplami hamda «Karmen» (1845) novellasida xalq qahramonlarining obrazlari yaratilgan. Shuningdek, uning turli xalqdar vakillari obrazlari tasvirlangan «Mahshargoh ruhlari» qissasi, «Mateo Falkone», «Kolomba», «Tamango», «Lokis» kabi novellalari ham mashhur. «Karl IX saltanati yilnomasi» asari oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1986).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x