MENUET (frans. menuet, menu pas — mayda qadam soʻzidan) — qad. fransuz xalq raqsi. 17-a. dan boshlab (Lyudovik XIV saroyida ) bal raqsi sifatida mashhur boʻlib, «qirollar raqsi» hamda «raqslarning qiroli» nomlariga sazovor boʻlgan. Tez orada butun Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Vazmin, xushmuomala xarakatlardan iborat. Musiqa oʻlchovi 3/4. Keyinchalik kompozitorlik musiqa ijodida rivoj topib, opera va balet (ilk namunalari — J. B. Lyulli), kamer-cholgʻu musiqa janrlari — syuita (Paxelbel, I. S Bax, G. Gendel), sonata (I. Gaydn, V. Motsart) hamda simfoniya (Mangeym maktabi, I. Gaydn)ga kiritilgan. Shuningdek, J. Vize, P. Chaykovskiy, K. Debyussi, M. Ravel, B. Bartok, S. Prokofyev, I. Stravinskiy, A. Shyonberglarning turlicha Menuet lari mashxur.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые