– Men sevaman, – shivirlar ayol, –
kirlaringni yuvib beraman,
dazmollayman koʻylaklaringni
seni quchgan qoʻllarim bilan.
Faqat bir kun yoningda yotib
jilmaygancha shivirlasam bas:
«Yuragimning ostida kimdir
xuddi sendek olmoqda nafas».
1979
Xurshid Davron.
https://saviya.uz/ijod/nazm/men-sevaman/