Men qonun ustuvor boʻlishini istayman xolos — deputat vazirga javob qaytardi

Men qonun ustuvor boʻlishini istayman xolos — deputat vazirga javob qaytardi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatovning maktab direktorlarini oʻquvchilari OTMga kira olmaganligi uchun vazifasidan ozod etilishi haqidagi fikrlariga munosabatini bildirdi.

Sherzod Shermatov bu “populizm” ekanligini aytib, deputatga murojaat qilganida, bogʻlana olmaganligini maʼlum qilgan edi. Rasul Kusherboyev xalq taʼlimi vaziriga quyidagicha javob qaytardi.
«Xalq taʼlimi vaziriga hurmatim baland va bundan keyin ham shunday boʻlib qoladi. Chunki ular xorijning nufuzli taʼlim dargohlarida taʼlim olgan, dunyoqarashi keng, bilimli va afsuski kam sonli ziyolilarimizdan.
Sogʻligim bilan bogʻliq muammolar tufayli telefon orqali muloqot qilishni cheklagan vaqtlarim meni qidirgan ekanlar, buning uchun uzr. Albatta hali muloqot qilishga ulguramiz, degan umiddaman.
Men oliy taʼlim muassasasiga bitiruvchilari kira olmaganligi uchun maktab rahbarlarining ishdan boʻshatilishini qonunlar shu jumladan, Mehnat kodeksi talablariga toʻgʻri kelmasligini, bu notoʻgʻri strategiya ekani va bu sabab bilan ishdan ketganlar boʻlsa sud orqali muammoni hal qilishi mumkinligini bir intervyuda aytib oʻtgandim.
Men qonun ustuvor boʻlishini istayman xolos, oʻlay agar boshqa maqsadim yoʻq. Toʻgʻrisi, bu sabab bilan ishdan ketgan birorta maktab direktoriniyam tanimayman.
Biroq hurmatli vazirimiz meni buning uchun populizm va qator va hokazo masalalarda ayblabdilar.
Agar demokratik davlatlar qatori qonun ustuvorligini taʼminlash va muammoni sud orqali hal qilish populizm boʻlsa unda men emas avvalo qonunlar va Mehnat kodeksi bosh populist boʻlib qolmaydimi? Men «tut prichem» agar qonunlar shunday va kamiga sud, degan hokimiyatimiz boʻlsa.
Yaqinda demokratik jamiyatlar qatori oʻz shaʼnini qonunlarga asosan sud orqali himoya qilishga harakat qilgan Xalq taʼlimi vazirligi va ilgʻor xorij taʼlim dargohi bitiruvchisi, demokrat vazirimiz buni yaxshi bilsalar kerak.
Faqat biror marta deputat, oʻqituvchi, maktab direktori boʻlib koʻrmagan ayrimlarning deputatlarni dushman, deb qarash fikri baʼzan insonni sal chalgʻitadi: kim boʻlibdi oʻzi bu deputatlar?
Men xato oʻylayotgan va fikrlayotgan boʻlsam vazir va butun vazirlik tizimidan, agar ishchanlik obroʻsiga putur yetib qolgan boʻlsa minglab oʻqituvchilarimizdan uzr soʻrayman. Buning uchun sudni ovora qilib oʻtirmaylik.
Biroq baribir taʼlimmi, sogʻliqni saqlashmi, huquqni muhofaza qilishmi qoʻyingki barcha sohada avvalo qonunlarga soʻzsiz rioya qilish, inson huquqlarini taʼminlashni bosh maqsadga aylantirishga amalda toʻliq erishmas ekanmiz biz yana koʻp yillar orqada qolishimiz mumkin, degan fikrimdan qaytmayman.
Shuningdek, intervyuda oliy taʼlimga oʻquvchisi kira olmaganligi uchun maktab direktorlarini ishdan boʻshatish Mehnat kodeksi va boshqa qonun talablariga zid, bu notoʻgʻri strategiya ekanligi toʻgʻrisidagi fikrlarim asossiz boʻlsa, bunga ham istagan vaqtda raddiya berishga tayyorman. Faqat asoslab berilsa yoki qonunlar oʻzgartirilsa boʻldi.
Har doimgidek bu gaplar odamlarga yoqadimi, yoʻqmi bunisi qiziqmas», deya yozi Rasul Kusherboyev.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x