MELODIKA (yun. melodikos — ohangdor) —1) kuy (melodiya) haqidagi taʼlimot, dastlab Yunonistonda Aristok-sen asoslab bergan («nutq intonatsiyasidan farqli oʻlaroq, barcha kuylar sof sozdan gan tovushlar tizimiga asoslanadi»). Oʻrta ayerlarda kuylar (alhon) ning tuzilishi va badiiy jihatlari haqida Sharkda Forobiy, Safiuddinal-Urmaviy, Jomiy va b., Yevropada Avgustin, Gvido dʻAresso, Sarlino va b. fikr yuritib, Melodika ilmini oʻziga xos ravishda davom ettirishgan. J. F. Ramo gomofoniya uslubidagi kuylarning garmoniyata bogʻliqligini taʼkidlab, Melodika masalalarini koʻproq kompozitsiya va garmoniya nuqtayi nazaridan oʻrganishga asos solgan (Russo, I. Mattezon). 19 — 20-a. larda A. Marks, X. Riman, E. Kurt, B. Asafyev, L. Mazel, M. Aranovskiy, B. Sabolchi va b. zamonaviy Melodika taʼlimotining rivojiga katta hissa qoʻshgan;
2) muayyan musiqa asari, kompozitor ijodi yoki musiqa uslubiga xos kuy xususiyatlari (mas, oʻzbek xalq, qoʻshiqlarining Melodikasi, Betxoven M. si va h. k.).