MELNGAYLIS Emilis [1874.3(15).2, hoz. Riga tumani — 1954.20.12, Riga] — latish kompozitori, dirijyor va fol-klorshunos. Zamonaviy milliy musiqa yirik namoyandasi. Latviya xalq artisti (1945). Peterburg konservatoriyani tugatgan (1901). 1901—06 y. larda musiqa jurnalisti, 1906—18 y. lar Toshkentda yashab, chet tillardan dare bergan. Rigadagi Qoʻshiq bayrami (1911 — 13), Latviya Qoʻshiq bayramlari (1926—38)ning tashkilotchisi va bosh dirijyori, Latviya kompozitorlar uyushmasi asoschilaridan (1923) va boshqaruvi raisi (1944—48), Latviya konservatoriyasi prof. (1944-y. dan). Latish xalq qoʻshiqlarini yigʻib, ulardan 4500 tasini nashr etgan («Latish musiqiy folklori materiallari», 1—3 j., 1951— 53), koʻplarini zamonaviy polifoniya vositalaridan foydalanib, xor uchun oʻziga xos uslubda qayta ishlagan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые