MEHRJON, Mehrgon — kuzgi teng kunlikda kuz bayrami sifatida oʻtkazilgan bayram. Mil. av. 1 ming yillik boshida bunday kuzgi bayramlar turli joylarda, mas, Eronda va b. joylarda Mehrjon, koʻhna Xorazmda — Chiriruj, Sugʻ-dda esa Nimsarda nomi bilan mashhur boʻlgan. Oʻrta ayerlarda Mehrgon (M.) muhim bayramlardan biri sifatida nishonlanib kelingan. Baʼzi mamlakatlarda Mehrgon davlatning rasmiy bayrami sifatida oʻtkazilgan. Shu maqsadda davlat xazinasidan mablagʻ ajratilgan, sovgʻalar tarqatilgan, yurtga osh berilgan, sayillar, musobakalar, tomoshalar uyushtirilgan. Mehrjon qad. dehqonchilik madaniyati bilan bogʻliq bayramdir. Musulmon ulamolari bu bayramni zardushtiylikka daxldor udumlar deb, oʻtkazilishiga qarshilik koʻrsatishgan. Shu boisdan boʻlsa kerak, Mehrjon bayramini nishonlash asta-sekin toʻxtagan.
20-a. ning 90-y. larqsan Mehrjon dastlab Tojikistonda, soʻng Oʻzbekistonda qayta nishonlana boshlandi.