MEGHALAYA

MEGHALAYA — Hindistonning shim. – sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 22,4 ming km2. Aholisi 2,3 mln. kishi (2001); asosan, kxasi, garo va ingliz tilida soʻzlashadi. Maʼmuriy markazi — Shillong sh.

Meghalaya 1970-y. da Assom shtati hududining bir qismidan muxtor shtat sifatida tuzilgan. 1972-y. yanv. dan Hindistonning teng huqukli shtati.

Relyefi sertepa tekislik va past togʻlik. Eng baland joyi 1961 m. Iklimi tropik, mussonli iqlim. Yozi seryogʻin. Yillik yogʻin baʼzi joylarda 10000 mm dan ham koʻp. Tropik oʻrmonlar va butazorlar bor.

Meghalaya, asosan, agrar shtat. Aholisining 80% q. x. da band. Asosiy oziq-ovqat ekini vodiylarda sholi, qirlarda makkajoʻxori va tariq, shuningdek, jut, paxta, tamaki ekiladi. Chetga chiqarish uchun kartoshka, sitrus mevalar yetishtiriladi. Ipak qurti boqiladi. Asalarichilik, oʻrmon xoʻjaligi rivojlangan. Hududining 70% oʻrmon bilan qoplangan. Sal, qaragʻay, tik, qayin va b. daraxtlar hamda dorivor oʻsimliklar ham oʻsadi. Foydali qazilmalardan koʻmir, ohaktosh, korund, oq gil konlari topilgan. Yogʻochsozlik, sement, oziq-ovqat, q. x. mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar mavjud. Shillong sh. yaqinida aeroport bor. Turistlar koʻp keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x