MAYONEZ (frans. mayonnaise) — 1) oʻsimlik moyi, tuxum sarigʻi, sirka, xantal, shakar va b. xushboʻy moddalardan tayyorlanadigan sous (qayla). Taomlar, turli pishiriklarga qoʻshiladi;
2) baliq, goʻshtdan shunday sous qoʻshib tayyorlanadigan yaxna taom.