Mayna

DO`STLARGA ULASHING:

Har kimda ham bor o‘zicha talant, layoqat.
Lekin birov yutug’iga ko‘ngli ketib sust,
Bu hunarning past-balandin bilmasdan durust-
O‘sha ishga urinadi ba’zilar, afsus.
Undaylarga bermoqchiman shunday maslaqat:
Bo‘lsin desang agar ishing puxta jo-bajo
Yuragingdan suygan ishga urin doimo.

Bir Mayna polopon bo‘lmay turiboq
Sa’vaday sayrashni qilgandi odat.
Unga butun o‘rmon solardi quloq,
Uynoqi ovoz-la kuylasa har vaqt.
Boshqa-ku, shunga ham qilardi shukur,
Ammo hasadchiydi maynacha qurg’ur.
Bulbulning shuhratin eshitib bir kun,
Xayol qildi: “Hech gap emas, men uchun —
Ashula kuylamoq Bulbul singari,
Undan ham oshirib yuboray hali”.
So‘ng sayray boshladi Bulbulga o‘xshab,
Chiranib, bor kuchin Mayna qildi sarf,
Goh chinqirib ko‘rdi, gohi xirillab,

Gohida miyovlab, gohi chirillab,
Xullas, jami qushni qildi-ku bezor.
Ey, tentak Maynacha, chiranma bekor —
Yaxshisi, sen Sa’va bo‘lib sayray qol,
Ko‘rdingki, Bulbulday bo‘lishing mahol…

Tulki tovuq go‘shtin rosa tushirib,
Qolganin ertalik uchun yashirib,
Uxlay deb yotgandi g’aram oldida,
To‘satdan och Bo‘ri kelib qoldi-da —
Dediki: “Ahvolim ko‘p yomon, o‘rtoq,
Topolmadim hatto quruq so‘ngak ham,
Ochlikdan batamom quridi sillam,
Itlar quvaladi, cho‘ponlar uyqoq,
Bilmadim, boshimni qayerga ursam”.
“Hali shunaqa de” “Ha, xuddi shunday”.
“Juda qiynalibsan, bechora hay-hay,
Yemaysanmi, o‘rtoq, maboda pichan?
Mana, bir qaram bor, tortinma qecham”.
Do‘stining pichanmas, go‘shtdaydi dardi,
Tulki yashirgandan og’iz ochmadi,
Ammo meqribonlik qildiki chunon —
Bo‘ri och jo‘nadi o‘z ini tomon.

Krilov I.A

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x