MAXSUMOV Mirqodir (1924.4.6 – Toshkent — 1987.21.10) — diktor. Oʻzbekiston xalq artisti (1977). Toshkent teatr bilim yurtida (1938—40), Toshkent pedagogika in-tida (1940—45, uzilishlar 6-n) taʼlim olgan. 1945 — 87 y. lar Oʻzbekiston radiosida diktor. Maxsumov xushovozligi, nutqining ravonligi, diksiyasining kuchliligi, til normalarini puxta bilishi bilan boshka diktorlardan ajralib turgan. Uning kamyob tembrli ovozi, ifodali, maʼ-noli oʻqishi kuchli emotsional taʼsir kuchiga ega boʻlgan. Muhim siyosiy hujjatlar, targʻibiytashviqiy ahamiyatga ega matnlarni faqat Maxsumov oʻqigan. Ayniqsa, mumtoz sheʼriyat namunalarini radio va televideniye orqali katta mahorat, maʼnodor oʻqishi bilan shuxrat qozongan. Shuningdek, juda koʻp fil-mlarga ovoz berishda qatnashgan. Maxsumov «Muhabbat qoʻshigʻi» (1961), «Inson mehri» (1965), «Orzularing yoʻlida» (1973) kabi hikoyalar toʻplamlarining muallifi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые