MAXMUDOV Mirxalil (1947.2.1, Toshkent) — kompozitor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2000). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1971). Oʻzbek davlat filarmoniyasi ijodiy jamoalari rahbari (1974—78), Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻqituvchi (1983-y. dan), dotsent (2000). Simfonik asarlaridan 3 ta simfoniya (1si «Navo»), skripka va simfonik orkestr uchun konsert, kamer orkestri uchun syuita, «D. Shostakovich xotirasiga» poema, «Muhammas va ufor» I-III; shuningdek, «Toshkent zamini» kantatasi (E. Vohidov), «Ona madhi» poemasi, «Vatan shahnozi», «Ona Oʻzbekiston», «Elga bahor keldi» va b. qasidalar, «Toshkent sadosi» oratoriyasi, «Sindirilgan koʻza» (S. Jamol), «Davlat bolalari» (R. Muhammadjonov), «Toʻylar muborak» (U. Hoshimov) kabi musiqali drama va komediyalariga, 50 dan ortiq kinofilmlar («Kelinlar qoʻzgʻoloni», «Utgan kunlar», «Chimildiq», «Bulbul», «Jaloliddin Mangu-berdi» va b.)ga musiqa bastalagan. Maxmudovning sara asarlari badiiy barkamolligi, milliy yorqinligi bilan ajralib turadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые