MAVZU

MAVZU (arab. — joylashtirilgan, qoʻyilgan) , tema — 1) muhokama, maʼruza, suhbat, dars, ilmiy asar va b. ning asosiy mazmuni;

2) adabiyot va sanʼatda — ijodkor tomonidan tanlanib, uning gʻoyasini aks ettiradigan badiiy tasvir obyekti, hayotiy material doirasi. Badiiy adabiyotda (roman, qissa, doston, drama, sheʼr va b.), tasviriy sanʼat, meʼmorlik (rasm, haykal, gravyura, naqsh va b.), yirik musiqa asarlari (opera, musiqali drama, simfoniya va b.)da ijtimoiy masalalar, tarixiy voqealar, kishilarning muayyan intilishlari, orzulari va h. k. M. boʻlishi mumkin. Mavzu gʻoya bilan uzviy bogʻliq. Asarning janri, syujeti va uslubi Mavzu va gʻoyaga qarab tanlanadi. Mavzu tanlashda, ayniqsa, uning talqinida muallifning gʻoyaviy mavqei katta rol oʻynaydi. Asarning konkret mazmunida bosh M. yana mayda Mavzu larga boʻlinadi va bularning har biri gʻoyaviy mazmunning biror tomonini ifodalaydi. Bir Mavzu bir necha muallif tomonidan turlicha yoritilishi, talqin etilishi ham mumkin. Bunda har bir muallif oʻz oldiga qoʻygan gʻoyaviyijodiy vazifalar oʻziga xos uslub va mazmunni belgilaydi;

3) biror musiqa asari yoki uning tarkibiy qismlari asosiy badiiy gʻoyasini ifodalovchi va keyingi rivojiga xizmat qiluvchi tugal musiqa tuzilmasi. Polifoniya asarlari (mas, kanon, fuga)da Mavzu bir ovozli kuy boʻlib, turli ovozlarda navbatma-navbat bayon etiladi. Gomofoniya asarlarining Mavzu lari birmuncha rivoj topgan (odatda, 8—16 taktli) tuzilmalardan iborat boʻladi. Bunda kuy yetakchi ovozda namoyon boʻlib, joʻr boʻluvchi ovozlar esa uning mazmunini teranlashtiradi. Ogʻzaki anʼanadagi musiqa, shuningdek, 20-a. avangardizm yoʻnalishi (aleatorika, sonoristika va b. uslub) dagi kompozitorlik ijodida ohang M. lari bilan birga musika jarayonining faqat ritmik (mas, usul) yoki tembr jihatlariga asoslangan Mavzular ham joriy etilgan. Bulardan tashqari, musiqa ijodiyoti (musiqali drama, opera, balet va b.) da muayyan gʻoya va mazmunga ega boʻlib, asarning boshidan oxirigacha oʻzgarmay (leytmotiv, leyttema) yoki qisman oʻzgarib keluvchi Mavzu va, aksincha, tuzilmasi chegaralanmagan Mavzu misollari mavjud. Yirik shakl (mas, sonata, simfoniya)lar bir necha Mavzularni oʻz ichiga oladi. Ular har xil obrazlarni ifodalash va taqqoslab rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Turli obrazlarni ifodalovchi Mavzular bosh Mavzuning tubdan oʻzgartirish yoʻli orqali vujudga kelishi (monotematizm) ham kuzatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x