MAVLONO (arab. — bizning janob) — Oʻrta Osiyo, Afgʻoniston va Pokistonda eng yuqori lavozimdagi amaldorlar, yozuvchi, olim va fozil kishilarni, ustozlarni ulugʻlab, ularning nomlariga qoʻshib ishlatiladigan soʻz. M. soʻzi hurmat maʼnosida shaxs nomlaridan avval aytilgan (mas, Mavlono Alisher Navoiy, Mavlono Jomiy, Mavlono Muqimiy va b.). Oʻrta Osiyoda oʻrta asrlarda qoʻllanilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые