MATYOQUBOVA

MATYOQUBOVA Gavhar (1948.18.10, Xorazm) — raqqosa, baletmeyster. Oʻzbekiston xalqartisti (2000). Urganch sh. musiqa bilim yurtini (1975), Toshkent untini tugatgan (1980). 1962—75 y. lar K. Otaniyozov rahbarligidagi Xorazm ashula va raqs ansambli, 1975—91 y. lar K. Otaniyozov nomidagi Xorazm davlat filarmoniyasi raqqosasi, 1991— 98 y. lar Xorazm madaniyat boshqarmasi qoshidagi xalq ijodiyoti boʻlim boshligʻi, 1998-y. dan M. Turgʻun-boyeva nomidagi «Oʻzbekraqs» birlashmasining «Xorazm raqs» viloyat boʻlimi bosh baletmeysteri. Matyoqubovaning raqslari shoʻx va joʻshqinligi, ijro etilayotgan raqs mazmuniga alohida yondashishi, yengil va keskin harakatlari, chiroyli xiromi bilan ajralib turadi. «Orazibon», «Gala Laylim», «Muxammasi bayoz», «Layla», «Guldasta», «Zuvoniy», «Nizongul», «Lazgi», «Chashmi siyo» (afgʻoncha), «Silsila» (tojikcha), «Kush depti» (turkmancha), «Kanatari» (hindcha), «Pokiston goʻzali» (pokistoncha), «Sham oʻyini» (arabcha) singari raqslarni ijro etgan. «Orol faryodi» (3 boʻlim), «Lazgi afsonasi», «Sumalak sayli», «Orazibon» (3 boʻlim), «Toshlar tilga kirganda», «Qayroq yangraganda», «Kelin salomi», «Jazava raqsi», «Aliqambar», «Dar-panma» (3 boʻlim), «Muhammasi ush-shoq», «Xiva sanami» kabi raqslarni, Mustaqillik, Navroʻz bayramlarida, Amir Temur, Avesto, Al-Fargʻoniy, Berdaq yubileylarida va b. tantanalarning barchasida Xorazm raqslarini sahnalashtirgan. Matyoqubova haqida «Jay-xun qizi» (1990), «Qadriyat» (2002, 2 qismli) filmlari ishlangan. «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1997).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x