MATROS (gollandcha — matroos) — harbiy dengiz floti (HDF)dagi 1-(kichik) harbiy unvon; qurolli kuchlarning boshqa turlaridagi soldat unvonigatoʻgri keladi. SSSRda 1946-y. iyulda qizil flotchi unvoni oʻrniga joriy qilingan. Shuningdek, katta Matros unvoni ham boʻlib, u yefreytor unvoniga toʻgʻri keladi. Savdo flotida Matros — kema komandasi tarkibidagi xizmatchi. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi Amudaryo flotiliyasida Matros unvoni mavjud.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые