MATRIARXAT

MATRIARXAT (lot. mater — ona va yun. arche — ibtido, hokimiyat; aynan — ona hukmronligi) , ginekokratiya — asosan, ibtidoiy jamiyatning ilk davridagi ijtimoiy tuzum shakllaridan biri. Baʼzi xalqlarda patriarxatdaya oldin mavjud boʻlgan, ayrimlarida urugʻchilik tuzumidan sinfiy jamiyatga oʻtish davrida ham saqlangan. Matriarxatda ayollar hukmron mavqega ega boʻlgan, mulk va naslnasab sotsial mavqe ona urugʻi boʻyicha oʻtgan, nikoxdan soʻng er xotin jamoasiga koʻchgan (matrilokal nikoh) yoki er va xotin oʻz jamoalarida alohida-alohida yashagan. M. Jan.-Sharqiy Osiyodagi ayrim xalqlar (mas, minangkabau va mikronezlarning ayrim guruhlari)da hoz. ham saqlanib qolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x