MATNIYOZ DEVONBEGI MADRASASI

MATNIYOZ DEVONBEGI MADRASASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1871). Xon devonbegisi Matniyoz (Muhammad Niyoz) qurdirgan. Bosh tarzi Muhammad Aminxon madrasasiga qaragan. Madrasa bir qavatli, toʻgʻri toʻrtburchak tarx^li (36,45×31,8 m). Hovli (21X17 m) atrofida hujralar joylashgan. Bosh tarzi ulkan peshtoqli, uning yonlariga 3 tadan yoysimon ravoqlar ishlangan. Burchaklaridagi minoralar tepasi gumbazli mezanalar bilan yakunlangan. Kiraverishdagi yogʻoch oʻymakorligida bezatilgan eshik orqali miyonsaroyga kiriladi. Miyonsaroy gumbazi qalqonsimon bagʻallarga tayangan. Miyonsaroy yonlarida hovli bilan oʻzaro bogʻlangan darsxonalar joylashgan. Hovli atrofidagi hujralar oldi ravoqli. Janub tomonidagi peshtoq-gumbazli masjiddan ai von sifatida foydalanilgan. Darsxona va masjid gumbazlari oʻzaro kesishgan toqilar ustiga oʻrnatilgan, hujralar balxi gumbazli. Bosh tarzi Xorazm meʼmorligiga xos uslubda (koʻk, oq va havo rangli koshinlar b-n) bezatilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x