MATERIK YON BAGʻRI — okean tubining qirgʻoqqa yaqin qismi, materikning suv ostidagi chekka qismlarining asosiy elementlaridan biri. Shelf bilan materik etagi orasida joylashgan. Okean shelfi va qaʼriga qaraganda yon bagʻri xiyla tikligi (oʻrtacha 4°, koʻp hollarda 15—20° dan 40° gacha) va rel-yefning parchalanganligi bilan farq qiladi. Seysmik tadqiqotlar, dragalash va chuqur suv osti parmalashlari natijasida aniqlanishicha, Materik yon bagʻri geologik tuzilishi jihatidan yon-atrof strukturalarining bevosita davomidir. Suv osti denudatsiya va akkumulyatsiya jarayonlari roʻy berib turadi. Materik yon bagʻri alevrit tarkibli terrigen choʻkindilar, iliq dengizlarda — karbonatli biogen gillar, Dunyo okeanining Antarktika yaqinidagi zonalarida — aysberg yotkiziklari va diatomli gillar bilan krplangan. Organik moddasi sermahsul boʻlganidan Materik yon bagʻri alohida batial zona deb ajratiladi (q. Batial).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые