MATEMATIK BELGILAR — matematikaga oid bilimlarni yozuvda ifodalash uchun qoʻllanadigan belgilar. Tushunchalarni belgilash (mas, raqamlar, /, p), yozuvlarni qisqartirish (+,—, ±, , ±, ye), jumlalarni ixchamlashtirilgan. Matematik belgilar matematik tafakkur mahsuli va vositasi boʻlib, bu fan rivojlanishi jarayonida paydo boʻlgan va takomillashib maxsus til darajasiga yetgan. Ayrim raqamlar, qoʻshish va ayirish belgilar kdd. Misrda uchraydi. Matematik belgilar Diofant (3-a.), Brahmagupta (7-a.), Abulhasan Qalasadiy (15-a.) asarlarida kengroq qoʻllangan. Ulugʻbekning «Ziji jadidi Koʻragoniy» asarida ham koʻp atamalarning 1harflaridan belgi sifatida foydalanilgan. 17—18-a. larda Yevropa matematiklari algebraik timsollardan keng foydalana boshlaganlar va bu mat. rivojida, xususan, differensial va integral hisob shakllanishida muhim rol oʻynagan. Umuman, Matematik belgilar faqat yozuvni qisqartirish vositasigina boʻlib kolmay, balki timsoliy hisobga aylanib, matematik tafakkurga faol taʼsir koʻrsatadi. Hoz. zamon mat. sining koʻplab natijalarini rivojlangan va qulay belgilarsiz tasavvur qilish mumkin emas.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые