MASXARA (arab. — hajv, mazax kilish) — oʻrta asrlar va yaqin oʻtmishdagi oʻzbek anʼanaviy teatrining turi. Ijrochi ham Masxara deb atalgan. Gʻaznaviylar saroyida (10-a. oxiri — 11-a. boshi) Buki Masxara, Alisher Navoiy davrida Gʻiyos Masxara deganlar utgan. 19-a. da Buxoro anʼanaviy teatrida Zarif, Tula, Mizrob, Ergash ismli Masxaralar shuhrat qozongan. Masxaralar maxsus liboslar va buyumlardan foydalanib, yuzlarini boʻyab, baʼzan yuzlariga niqob tortib, boshlariga kulgili qalpoqlar, sallalar, popoxlar kiyib, ayvon, koʻshk yoki maydonlarda hayotdan olingan voqealarni sahnaviy ziddiyatlar va timsollar shaklida hajv va hazil vositalari bilan boʻrttirib aks ettirganlar va tomoshabinlarni kuldirganlar. 18-a. da Masxara iborasi bilan bir qatorda ijrochi maʼnosida «masxaraboz», teatr maʼnosida «masxarabozlik» istilohlari qoʻllana boshlagan (yana q. Masxarabozlik).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые