MASSON Mixail Yevgenyevich (1897. 21.11, Peterburg — 1986.2.11, Tosh-kent) — arxeolog, tarixchi, sharqshunoye Arxeologiya d-ri (1936), prof. (1945). Oʻrta Osiyo unti arxeologiya kafedrasi mudiri (1940—68), Oʻzbekiston (1944) va Tur-kmaniston (1950)da xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Turkmaniston FA akad. (1951). Dastlabki arxeologik kompleks ekspeditsiyalar — Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (193638), Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE, 1945-y. dan) asoschisi va rahbari. 19-a. oxiridan Samarqand, Toshkentda yashagan. 1912-y. da Oʻrta Osiyoda arxeologik i. t. ishlarini boshlagan (Afrosiyob), key-ingi yillarda Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Jan. Qozogʻistonda koʻplab arxeologik razvedka va qazishma ishlarini olib borgan. Masson rahbarlik qilgan JTAKE faoliyati bilan Niso va koʻhna Mare sh. xarobalaridan topilgan osoriatiqalar olamshumul ahamiyat kasb etgan. Oʻrta Osiyo tarixi, ayniqsa, numizmatikasi va shaharlari (Samarqand, Buxoro, Toshkent) tarixiy topografiyasi, konchilik tarixi, meʼmorlik, epigrafika boʻyicha ilmiy yoʻnalishlar muallifi. Masson muharrirligi ostida 30 dan ziyod ilmiy toʻplamlar va monografiyalar, shuningdek, JTAKEning 18 jildi nashrdan chiqqan.
As: Axangeran. Arxeologotopografiches,kiy ocherk, T., 1953; Srednevekovыye torgovыye puti iz Merva v Xorezm i v Maverannaxr [Trudы Yujno-Turkmenistanskoy arxeologicheskoy ekspeditsii], t. 13, Ashxabad, 1996.