MARZBON

MARZBON, Marzubon (fors, marz — chegara, chiziq, maʼlum bir joy; bon — soqchi, qoʻriqchi) — Qad. Eronda viloyat hukmdori unvoni. Dastlab Marzbon istilohi chegaraga yondosh maʼmuriy birlik hokimini ifodalash uchun qoʻllanilgan. Arabcha, forscha vaturkiycha tarixiybadiiy asarlar matnida Marzbon koʻzga tashlanadi. Eski arman obidalarida «Marzpan», «Marzvan», suryoniy yodgorliklarida «Marzbono», «Marza-bono» fonetik shakllari qoʻllanishda boʻlgan. Sosoniylar Eronida chegara viloyati hokimi hisoblanmish Marzbonning imtiyozi oʻzga viloyat hokimlariga nisbatan ancha kengroqboʻlgan. Marzbonlar Sharqiy Armanistonni sosoniylar hukmronligi barham topgach, 428-y. dan, Sharqiy Gruziyani esa sosoniylarga qarshi qoʻzgʻolon bostirilgandan soʻng, 523-y. dan idora etganlar. Unga zarur paytlarda mustaqil siyosat yuritish huquqi berilgan. Marzbonlar, koʻpincha, shoh xonadoniga mansub boʻlib, joylarda maʼmuriy, harbiy va sud hokimiyatiga ega edilar. Alisher Navoiy asarlari tilida Marzbon soqchi, chegarachi maʼnosida ishlatilgan. «Boburnoma»da chegara viloyati hokimi sarhadbegi terminbirikmasi bilan anglashilgan. Xiva xonligada Marzbon qalʼa boshligʻi vazifasini ado etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x