MARV (Avestoda — Mouru) — Oʻrta Osiyoning eng qad. shaharlaridan biri. Bayramali sh. (Turkmaniston) yaqinida joylashgan. Marvning qoldiqlari 5 qalʼa (Erk qalʼa, Gabr qalʼa, Sulton qalʼa, Abdullaxon qalʼa, Bayramalixon qalʼa) xarobalaridan iborat. Marv xarobasida 19-a. ning 80-y. laridan V. A. Jukovskiy, 1946-y. dan Marv Masson rahbarligidagi Jan. Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, keyingi yillarda Ashxobod, Toshkent, Moskva va SanktPeterburgdan kelgan arxeologlar guruhi qazishma ishlarini olib borgan. Marvning eng qad. qismi — Erk qalʼa (mayd. 12. ga) mil. av. 1ming yillikning 1-choragidan mavjud boʻlgan. Marvning ravnaqtopgan (Parfiya va ilk sosoniylar) davri mil. av 2 — mil. 3-a. ga toʻgʻri keladi. Bu davrda Marv Gabr qalʼa va Erk qalʼa hududlaridan iborat boʻlib, Erk qalʼa Marvning arkiga aylangan. Shahar va uning atrofi (60 km2) mudofaa devori bilan oʻrab olingan. Mil. 3-a. dan Marv Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan, 7-a. da esa arablar tomonidan bosib olingan. 8-a. oʻrtasida Marv — Abu Muslim harakati markazi. 9-a. da Marvda ilm-fan ravnaq topdi, u arab xalifaligining Xuroson va Movarounnaxr noibligining poytaxti rolini oʻynadi. Maʼmun ibn Horun arrashid davrida Marvda Bagʻdod akademiyasining asosini tashkil etgan marvaziylar maktabi tarkib topdi. Oʻrta asrdagi Marvning ravnaq topgan davri 11—12-a. ning 1-yarmiga toʻgri keldi; bu davrda u buyuk Saljuqiylar davlatining poytaxti boʻlgan (Sulton qalʼa xarobasida Sulton Sanjar makbarasi joylashgan). 12-a. oxiri — 13-a. boshida M. Xorazmshohlar davlatining yirik markazi boʻlgan. 1222-y. shahar moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan. 13-a. oʻrtasi — 14-a. da shahar qisman tiklangan (ayniqsa, uning rabod kismi). 15-a. boshida Shohrux davrida qisqa muddat ravnaq topgan. Marvdan oʻrta asrlarda koʻplab olimu fuzalolar yetishib chiqqan. 1510—24 va 1601 — 1747-y. larda Marv forslar qoʻlida boʻlgan. Mare urushlari tufayli inqirozga yuz tutgan (1790) va markaz Marvdan 30 km gʻarbga Mari sh. ga koʻchgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые