MARTIN (Martin) Archer Jon Porter (1910.1.3, London) — ingliz biokimyogari va fizikkimyogari. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1950). Kembrij untini tugatgan (1932). Eynxo-ven (Niderlandiya) Oliy texnika maktabida estraordinar prof. (1965-y. dan). Ye vitamini va nikotin kislota ajratib olish usullarini ishlab chiqqan (1934). Qogʻozda (1941, R. Sing bilan hamkorlikda) va gazsuyuqlik kolonkalarida (1952, L. Jeyms bilan hamkorlikda) amalga oshiriladigan xromatografiya usulini kashf etgan. Nobel mu-kofoti laureati (1952, R. Sing bilan hamkorlikda).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые