MARRAMBINI — Avstraliyaning jan.-sharqiy qismidagi dare, Murrey daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 2172 km, havzasining mayd. 165 ming km2. Avstraliya Alp togʻlarining shim. tizmalaridan boshlanib, Avstraliyaning jan.sharqiy tekisliklaridan oqadi. Asosiy irmogʻi — Laklan daryosi. Suv oqimi tartibga solingan (Barrinjak suv ombori va GES qurilgan). Oʻrtacha suv sarfi 77 m3/sek. Sugʻorishda foydalaniladi. Yomgʻirli mavsumda suvi koʻpayib, UoggaUogga sh. gacha kema qatnaydi, quruq mavsumda baʼzan suvi qurib qoladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые