MARKIZ (frans. marquis) — 1) Frank davlatida markgrafga toʻgʻri keluvchi unvon;
2) oʻrta asrda Fransiya va Italiyada (10-a. dan) yirik mulkdor, oʻz mavqeiga koʻra, tabaqaviy pogʻonada gersog va graf oʻrtasida turgan;
3) Fransiya va Italiyada, 14—15-a. lardan esa Angliya, Ispaniya va Portugaliyada merosiy dvoryanlik unvoni.