Markevich Albina Vitoldovna

Tarjimai hol

Respublikamizda Albina Vitoldovna Markevich ismi ko‘pchilikka ma’lum. Uning ovozi “Toshkent” radio to‘lqinlarida tez-tez jaranglab turadi, zero, u O‘zbekistondagi rus madaniyat markazi a’zosi hamda A.Axmatovaning “Manqalli uyi” klub-muzeyining jamoat direktori hisoblanib, tinglovchilarni madaniy dasturlar bilan tanishtirib boradi.

Albina Vitoldovna asli toshkentlik. Bu yerda u Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedogogika institutini (filologiya fakultetini) bitirgan va uzoq yillar Termiz va Toshkent maktablarida ishlagan. I.E.Repin nomidagi Leningrad tasviriy san’at, grafika va arxitektura institutini bitirib (tarix nazariyasi va san’ati fakulteti), Toshkentdagi teatr va rassomchilik hamda pedagogika institutlarida dars bergan.

Rus madaniyati va adabiyotiga qiziqish pedagogik faoliyati davomida emas, balki u Yaroslavl viloyatida to‘rt yillik hayoti davomida, maktab-internatida ishlab, rus hayoti va tabiati bilan tanishgan davrida uyg’ongan.

1977 yildan tilshunoslar bilan birga u S.Eseninning Toshkentdagi muzeyi yaratilishida ishtirok etgan va 1996 yilgacha muzeyda ishlagan.

1994 yil O‘zbekistondagi Rus madaniyat markazi boshqarmasi tarkibiga kiradi va Pushkin jamiyati yaratilishida, adabiy klublar va boshqa ko‘plab madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilishida faol ishtirok etadi.

San’at, teatr, adabiyotga ishtiyoqi, xayrixohligi va bilimdonligi sababli unga ijodiy shaxslar intiladi. 1999 yilning 18 dekabr kuni Rus madaniyat markazi qoshida TTZ Madaniyat saroyidan A.Axmatovaning “Manqalli uyi” klub-muzeyini ochadi, muzeyda hozirgi kungacha faoliyat yuritib keladi. Bugun “Manqalli uy” “Rus-hamkorlik” hududida joylashgan. She’riy uchrashuvlar har payshanba o‘tkaziladi.

O‘tgan yillar mobaynida uning ishtirokidagi “Esenin olami”, “Manqalli uy”, “Pegas qanoti ostida” va boshqa almanaxlari nashr qilingan. U tomonidan yozilgan she’rlar “Sharq yulduzi” va boshqa mahalliy nashrlarda bosilgan. Ular “Lahza” (1999), “Tirikmanmi?!” (2000), “Yer palubasida” (2002) va “Momoqaymoq” kabi mualliflik to‘plamlaridan joy olib, “Yulduzli sharob” she’riy kitobiga jamlangan va kitobxon e’tiboriga havoli qilingan.

A.V.Markevichning she’riy tili qisqaligi, o‘tkir dunyoqarashi, kutilmagan xotima va istehzolari bilan ajralib turadi. Uning she’rlarida chuqur lirik tuyg‘ular hayot falsafasini anglash bilan uyg‘unlashadi. Ko‘plab she’rlari bastakor G.S. Arefev va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist P.M. Borisov tomonidan musiqaga solingan, N. Mirhaydarov tomonidan fransuzs tiliga tarjima qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x