MARKAZIY TEKISLIKLAR

MARKAZIY TEKISLIKLAR — Shim. Amerikaning oʻrta qismidagi tekisliklar (AKSH va Kanada hududida), sharqsa Appalachi togʻlari, gʻarbda Buyuk tekisliklar, shim. va shim.-sharqda Lavrentiy qirlari va jan. da Meksika boʻyi pasttekisligi oraligʻida. Shim. Amerika platformasining jan. qismiga toʻgʻri keladi. Aksari qismining bal. 150—500 m. Hududining 40° sh. k. dan shimolini toʻrtlamchi davrda muzlik qoplagan, relyefi sertepa, koʻl koʻp. Buyuk kullar, Vinnipeg, Manitoba va b. koʻllar bor. Iklimi moʻtadil kontinental, eng jan. da subtropik ikdim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi shim. da — 20°, jan. da 4°, iyulniki 19—26°. Yozi iliq, seryomgʻir. Yillik yogʻin 400—1200 mm. Markaziy tekisliklar hududining 3/4 qismi q. x. da foydalaniladi: yaylov, qaydaladigan yerlar, bogʻlar, aholi punktlaridan iborat. Shim. qismi va daryo vodiylarida aralash va keng bargli oʻrmonlar uchraydi. Foydali qazilmalardan toshkoʻmir, neft, qoʻrgʻoshin, rux rudasi konlari bor. Markaziy tekisliklar AQSH va Kanadaning muhim q. x. (gʻallachilik va chorvachilik) rayonlaridan. Markaziy tekisliklarda Chikago, Detroyt, Klivlend sh. aglomeratsiyalari joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x