MARIYA ANTUANETTA (Marie – Antoinette) (1755.2.11, Vena — 1793.16.10, Parij) — Fransiya qirolichasi, fransuz qiroli Lyudovik XVI ning xotini (1770-y. dan), Avstriya imperatori Frans I va imperatritsa Mariya Tereziyannng qizi. Buyuk fransuz inqilobi oldidan oʻyinkulgi, maishatga ulkan mablagʻlar sarflayotgan Mariya Antuanetta (shu tufayli unga «kamomad xonim» deb laqab qoʻyishgan) moliya islohoti oʻtkazishga, saroy xarajatlarini qisqartirishga uringan ministrlarni (A. Tyurgo, J. Nekker) isteʼfoga chiqishga majbur qilgan. Inqilob boshlanishi bilan aksilinqilobiy fitnalar va chet el intervensiyasi rahnamosi. Monarxiya agʻdarilgach (1792-y. 10 avg.), qamoqqa olinib, sud qaroriga binoan boshi tanasidan judo (gilyotina) qilingan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые