MARGIMUSH RUDALARI

MARGIMUSH RUDALARI — tarkibida margimush va uning birikmalarini ajratib olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlgan tabiiy mineral hosilalar. Oʻzida margimush saqlovchi 120 dan ortiq mineral maʼlum. Margimush rudalarining eng koʻp tarqalgan minerallari: arsenopirit (FeAsS), lyollingit (FeAs2), realgar (As2S2), auripigment (As2S3) va b. Margimush birikmalari, koʻpincha, rangli va nodir metallar majmuasida uchraydi. Sanoat rudalarida margimushning eng kam mikdori 2%ni tashkil qiladi. Margimush rudalari konlaridan Oʻzbekistonda deyarli foydalanilmaydi. 1960-y. largacha hoz. Chorvoq suv om-bori yaqinidagi (Burchmulla va b.) ruda konlaridan q. x. zararkunandalariga qarshi kurashish uchun margimush ajratib olingan. Margimush asl mineral shaklida uchraydigan rudalargina Margimush rudalari deb hisoblangan. Tarkibida margimush boʻlgan boshqa barcha rudalardan kobalt, nikel, platina, mis, kumush va oltin olish maqsadida foydalanilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x